Amazon uy egalari yo‘g‘ida ham tovarlarni yetkazib berish servisini ishga tushirdi
Amazon kompaniyasi uy egalari yo‘g‘ida ham xaridlarni yetkazib bera oluvchi servisni ishga tushirdi. Yangi texnologiya Amazon Key nomini olgan. Ushbu funksiya 8 noyabrdan AQShning 37 shahrida ishga tushiriladi.
Yangi servis oldindan o‘rnatiladigan "aqlli qulf" va kamerani o‘z ichiga oladi, bular maxsus Amazon Key dasturiy ta'minoti bilan birga kvartiraga do‘kon kurerini kirgizadi va uning ichkarida harakatlanishini kuzatadi. Servis hozircha faqat Amazon'ning premium klubi a'zolari uchun xizmat ko‘rsatadi, narxi - 249,99 dollar.
Oktyabr oyi boshida Amazon tovar yetkazib berishga doir yangi tizimni sinovdan o‘tkazayotgani haqida ma'lum qilgandi. Onlayn-riteyler xaridlar yo‘lini - omborlardan to xaridorning uyigacha to‘liq nazorat qilishi aytilgandi. Bugungi kunda do‘kon mijozlariga jo‘natmalarning aksariyati United Parcel Service (UPS) va FedEx tomonidan yetkaziladi.
Mavzuga oid
22:52 / 11.11.2024
Amazon o‘z haydovchi va kurerlari uchun navigatsiyaga ega aqlli ko‘zoynaklarni yaratmoqda
23:26 / 17.09.2024
Amazon o‘z xodimlarini ofisdan turib ishlashga qaytarmoqchi
14:05 / 24.08.2024
Amazon xodimi bir yarim yil deyarli ishlamay, 555 ming dollar maosh oldi
21:10 / 03.08.2024