To‘liq uzatmali Nissan IMx krossoveri Tokioda debyut qildi
Nissan kompaniyasi kun chiqar yurtda o‘tayotgan motor-shouda kontseptual elektr mashinasini taqdim etdi, deb yozadi Kolesa.ru
To‘rt o‘rindiqli krossover IMx deb nomlandi, u aynan Nissan elektrokarlari uchun yaratilgan mutlaqo yangi platformada qurilgan. IMx har bir o‘qi uchun alohida joylashtirilgan ikkita elektr motor bilan jihozlangan. Dvigatellarning summaviy unumdorligi 435 ot kuchini tashkil etadi, umumiy maksimal aylantiruvchi momenti — 700 Nm. Yangi avtomobilning yurish zaxirasi 600 km.ni tashkil etadi. Krossover elektr tokini qaytarib ham beradi, masalan energiyaning ortiqchasini qaytarish uchun uni uy tarmog‘iga ulash ham mumkin.
Nissan IMx avtonom boshqarish ProPilot tizimining yangi versiyasiga ega bo‘ldi — mashina inson ishtirokisiz ham yura oladi. Avtopilot ishga tushirilganida rul chambaragi old panel ostiga berkinadi va haydovchi hamda yo‘lovchi o‘tirgan old o‘rindiqlar ular sayrdan bahra olishlari uchun biroz orqaga suriladi.
Qayd etib o‘tish kerakki, ProPilot texnologiyasidan allaqachon Serena miniveni va Leaf elektrokarida foydalanilmoqda, biroq bu modellarda tizim faqat avtomagistrallarda, shunda ham tanlangan polosada ishlaydi: elektronika tezlatuvchi, tormoz va rulni nazorat qiladi. IMx kontsepti ProPilot kelajakda qanday evolyutsiyaga uchrashi kerakligini ko‘rsatib beradi.
Salonda butun bo‘ylamasiga OLED-displey o‘rnatilgan va u yon oynalarga qadar davom etgan. Ekranga barcha kerakli ma'lumotlar chiqarib turiladi. Darvoqe, Imx’da oddiy tugmalardan mutlaqo foydalanilmagan. O‘rindiqlarning bosh yostiqchalari 3D printerda chop etilgan.
Imx’ni seriyali ishlab chiqarish masalasida Nissan hali tayinli biror gap aytganicha yo‘q. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, kontsept 2019 yilda sotuvga chiqariladigan elektrokrossoverning debochasi o‘laroq taqdim etilgan.
Tokioda o‘tayotgan avtosalonda Nissan kompaniyasi yana bir necha yangiliklarni namoyish etgan. Ularning orasida Leaf Nismo’ning prototipi va allaqachon seriyali ishlab chiqarilayotgan Serena Nismo ham bor.
Mavzuga oid
20:03 / 08.11.2024
Nissan savdolar tushib ketgani tufayli minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi
21:25 / 18.03.2024
Nissan nega O‘zbekistonga kirmagan? Kompaniyaning o‘zbek menejyeri bilan suhbat
17:41 / 24.05.2023
340 ot kuchiga ega “supergibrid” Nissan X-Trail Xitoy bozorida sotuvga chiqdi
20:14 / 07.03.2022