Moldovan egasi Qöqon köçalarida qoldirib ketgan Nissan avtomobil eng qadrlanadigan yurtda qadrsiz böldi: qariyb 500 kun çang bosib yotgan maşina davlat ixtiyoriga ötkazilib, auksion savdolariga çiqarildi. Bir mazza qilib “inomarki” minay, deya niyat qilgan qöqonlik Kozim Rahimov auksionda qatnaşib, maşinani sotib oldi. Biroq u Nissan bilan birga boşiga ğalva ham “sotib olganini” maşina eşigini oçgandagina bildi: avtomobilning rul boşqaruvi öng tomonda edi.

Farğonada Nissan avtomobili bilan boğliq qiziq holat sodir böldi: auksion savdolariga çiqarilgan va fuqaro tomonidan sotib olingan maşinani davlat röyxatidan ötkaziş rad etilmoqda. Çunki uşbu avtomobilning rul boşqaruvi öng tomonda joylaşgan. Maşinani 47 mln sömga sotib olgan Kozim Rahimov esa endi nima qilarini bilmay, boşi qotgan.

Köçada qoldirilgan Nissan

Qöqon şahrining Yuzlar köçasidagi 51-uy yaqinida çet el davlat raqam belgisi taqilgan Nissan avtomobili ança payt çang bosib, qarovsiz holda turdi. Ötgan-qaytganlar biror kun egasi kelib olib ketar-da, deya maşinaga e’tibor berişmasdi. Keyinçalik uşbu Nissan moldovalik Sergey Kodrianu ismli şaxsga tegişli ekani ma’lum böldi.

Sergey Kodrianu Özbekistonga 2020 yil 26 yanvar kuni Qoraqalpoğistonning “Daut-ata” bojxona çegara posti orqali kirib kelgandi. Öşanda unga transport vositasini 2022 yil 31 mart kuniga qadar Özbekistondan olib çiqib ketiş majburiyati berilgan. Sergey Kodrianu nima maqsadda kelgani va maşinasini nega qoldirib ketgani bizga qoronği.

2023 yil 9 avgust kuni “Andarxon” bojxona çegara posti inspektori tomonidan Qöqon şahrida qarovsiz qoldirib ketilgan TO228TI davlat raqam belgili Nissan maşinasi topiladi. Avtomobil “Avto” yagona axborot almaşuv tizimi dasturi orqali tekşirib körilganida u Sergey Kodrianuga tegişli ekani, Özbekistondan olib çiqib ketilişi kerak bölgan muddatdan 497 kun ötib ketgani aniqlanadi. Şu sababli transport vositasiga 298 mln 498 ming söm miqdorda tölanişi lozim bölgan bojxona yiğimlari hisoblangan.

JIB Qöqon şahar sudining 2023 yil 3 oktyabrdagi qarori bilan Sergey Kodrianu maşinasini belgilangan muddatda Özbekiston bojxona hududidan taşqariga olib çiqmagani uçun 660 ming söm jarima jazosiga tortilgan. Nissan esa Qöqon şahridagi bojxona omboriga vaqtinçalik saqlovga olingan.