Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft’ning bozordagi qiymati rekord darajaga yetdi
Foto: Getty Images
Jahondagi dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi eng yirik korporatsiya - Microsoft Corp. 2018-moliyaviy yilning birinchi choragida sof foyda va daromadni bozordagi taxminlardan ko‘ra ko‘proq qo‘lga kiritdi. Bu bulutli biznes muvaffaqiyati tufayli yuz berdi.
Juma kuni dastlabki savdolar davomida kompaniya aksiyalari qiymati 4,6%ga ko‘tarilib, bir dona uchun 82,34 dollarlik rekord narxga yetdi. Yil boshidan buyon kompaniyaning bozordagi qiymati 27 foizga o‘sib, 606,66 milliard dollarni tashkil etdi.
Kompaniyaning matbuot-relizida xabar berilishicha, iyul-sentabr oylarida sof foyda 6,58 milliard dollarni tashkil etgan, yoki bir aksiya bo‘yicha hisoblanadigan bo‘lsa – 84 sentga teng bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davrida esa bu ko‘rsatkich 5,67 milliard dollar yoki bir aksiya uchun 72 sentni tashkil qilgandi.
Kompaniya daromadi 12 foizga oshib, 24,54 milliard dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
18:55 / 14.10.2025
Microsoft kompaniyasi Windows 10 tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
20:59 / 26.09.2025
Microsoft Isroildagi falastinliklarni kuzatish uchun foydalanilgan xizmatlarni blokladi
07:09 / 04.08.2025
Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan
08:40 / 23.07.2025