Ona xasta o‘g‘lini arqon bilan tizginlangan holda sayrga olib chiqdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Liverpulda yashovchi ayolning autizm tashxisi qo‘yilgan o‘g‘lini sudrab yurgan videosi tarqaldi. Rolik Joe Cain'ning Twitter-akkauntida chop etildi.
Liverpool Echo ma'lumotiga ko‘ra, voqea shahar markazida yirik savdo markazi yonida tasvirga olingan. Nashr rolik qahramoni bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3 yoshli o‘g‘li autizmdan aziyat chekadi va uni joyidan qimirlatishning boshqa iloji yo‘q. Ayol shuningdek bolani bir o‘zi katta qilishi va juda ko‘p holatlarda atrofdagilarning ta'qibiga duch kelayotganini aytgan.
"Meni yomon ona deb hisoblashadi, biroq bunday emas. Men yaxshi onaman... O‘g‘limga autizm tashxisi qo‘yilgan. Uni tutqanog‘i tutib turadi va shunday paytlarda u yerga yotib oladi. O‘g‘limni faqat shu yo‘l bilan o‘rnidan qo‘zg‘ata olaman", - deydi ayol. U odamlar uning og‘ir hayotiy vaziyatini tushunmasdan muhokama qilishlari noto‘g‘ri ekanini qo‘shimcha qildi.
Tarmoq foydalanuvchilari bolaga bunday munosabatda bo‘lish maxsus tekshiruvlarni talab qilishini ta'kidlashdi. Izohlovchilar shuningdek voqeaga aralashmagan rolik muallifini ham tanqid qilishdi. Oxir-oqibat Joe Cain videorolikni o‘chirib tashladi.
Liverpul politsiyasi voqeani tekshirishga kirishdi, hozirda voqea guvohlari izlanmoqda.
Mavzuga oid
12:00 / 09.10.2024
Ulkan baqlajondan uzun loviyagacha. Angliyalik pensioner gigant sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha 25 marta rekord o‘rnatdi
20:46 / 14.09.2024
Angliyadagi maktablarda telefondan foydalanish taqiqlanmoqda
08:58 / 22.08.2024
Besh kishini Angliyaga ishga yuborishini aytib, pul olgan fuqaro ushlandi
22:42 / 16.08.2024