Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vikipediya o‘quvchilari soni kamaymoqda: bunga sabab – sun’iy intellekt va qisqa videolar
So‘nggi yillarda Vikipediya dunyodagi eng yirik bilim manbalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Har birimiz tez-tez unga murojaat qilib, kerakli ma’lumotni izlab topamiz. Biroq Wikimedia Foundationʼning yangi hisobotiga ko‘ra, saytni insonlar tomonidan o‘qishlar soni bir yil ichida 8 foizga qisqargan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu pasayishning asosiy sababi – odamlar ma’lumot izlash odatlarining o‘zgarishi. Bugun ko‘pchilik sun’iy intellekt tizimlari taklif qiladigan tayyor javoblardan yoki ijtimoiy tarmoqlardagi qisqa kontentlardan foydalanmoqda
Shu bois foydalanuvchilar avvalgidek Vikipedia sahifalariga tez-tez o‘tmay qo‘yishdi.
Fond vakili Marshall Miller shuni ham ochiqladiki, yangi botlarni aniqlash tizimi ishga tushgach, ilgari kuzatilgan ba’zi o‘sishlar aslida odamlar emas, balki avtomatlashtirilgan dasturlar tomonidan yaratilgani ma’lum bo‘lgan.
Shunga qaramay, asosiy xavf omili – SI beradigan javoblar va yoshlarda mashhur bo‘lgan qisqa videokontent. Ular odamlarni sahifaga o‘tishdan to‘xtatmoqda.
Vikipedia ma’lumotlari hanuz generativ SI tizimlarida faol ishlatilmoqda. Ammo tashriflar sonining kamayishi ikki muammo tug‘diradi. Ya’ni yangi ko‘ngillilarni jalb qilish qiyinlashadi va xayriya mablag‘lari qisqaradi.
Vikimedia bu vaziyatga qarshi bir necha choralarni ko‘rmoqda. Jumladan, kontent manbaini ko‘rsatish (attributsiya) tizimi ishlab chiqilmoqda, yangi o‘quvchilarni jalb qilish bo‘yicha loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Marshall Miller foydalanuvchilarga murojaat qilib shunday deydi:
“Havolalarga o‘ting, maqolalarni o‘qing va unutmang — bu bilimlarni siz uchun haqiqiy odamlar yaratmoqda.”
Sun’iy intellekt va qisqa videolar ma’lumot olishni tezlashtirishi mumkin. Ammo insonlar yaratgan bilimlarni qo‘llab-quvvatlash kelajakda ishonchli va sifatli kontent saqlanishi uchun muhim omil bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
20:15 / 09.07.2026
Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi
20:38 / 08.07.2026
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat
21:19 / 06.07.2026
Nokia sun’iy intellektga ega tugmali telefonlarni taqdim etdi
20:12 / 01.07.2026