Fan-texnika | 19:20 / 29.10.2017
6437
3 daqiqa o‘qiladi

Lenovo foydalanuvchilarni parollardan xalos qilmoqchi

Foto: mspoweruser.com

Aksariyat odamlar raqamlar va lotin harflaridan iborat parollarining barchasini tezda yoddan aytib bera olmaydi. Biroq bunday xilma-xillik bo‘lmasa, foydalanuvchilar o‘z shaxsiy ma'lumotlari, elektron pochtalari, shuningdek o‘z hisoblaridagi pul mablag‘larining konfidetsialligini ta'minlay olishmaydi. Shu bois vaqti-vaqti bilan yangi noyob kombinatsiyalar o‘ylab topishga to‘g‘ri keladi. MSPowerUser shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi. 

Murakkab parollarni eslab qolish zarurati tufayli yuzaga keladigan noqulaylikni inobatga olib, Intel va Lenovo dasturchilari zamonamiz kishilarini bu yukdan xalos qilish va xavfsizlik chorasining optimal muqobiliga alynuvchi umumiy yechimni izlashmoqda.  

Lenovo parollarni barmoq izlari skaneriga almashtirish tashabbusi bilan chiqmoqda. Faqat buning uchun kompaniya barcha uchun bir texnologiyani yo‘lga qo‘yish orqali global "qayta qurish"ni o‘tkazishni taklif qilmoqda. Turli kompyuter, gadjyetlar, shuningdek operatsion tizimlar uchun dasturiy ta'minot ishlab chiquvchi boshqa yirik transmilliy korporatsiyalar ham uni qo‘llab-quvvatlaydi. 

UAF (Universal Authentication Framework) texnologiyasi yettinchi va sakkizinchi avlod Intel Core protsessorlarida qo‘llanayotgan va FIDO sertifikatlari bilan autentifikatsiya qilingan ekan, ushbu bazada qayta islohot o‘tkazish imkoni mavjud. 

Daktiloskopik datchiklar ba'zi rusumdagi kompyuterlarda bor, biroq ular faol tadbiq qilinmagan. Lenovo'ning Intel Online Connect qo‘llab-quvvatlashi ostida Microsoft bilan hamkorligi ommaviy ravishda protsessorlar ishlab chiqarishga start berishi hamda  leptoplar ishlab chiqaruvchilarni o‘z mahsulotiga ushbu optsiyani faolroq kiritishga turtki berishiga doir umidlari mutlaqo asosli. 

Ular faqat daktiloskopik skanerni tachpadga kiritishlarigina qoladi, xolos, qolgani esa protsessorlar tomonidan ta'minlangan bo‘ladi. Taklif qilinayotgan tizim ThinkPad X1 Tablet va ThinkPad X1 Carbon'ning so‘nggi versiyalarida, Yoga 920, IdeaPad 720S'da xizmat ko‘rsatmoqda.

Mavzuga oid