Sport | 20:54 / 29.10.2017
21934
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik og‘ir atletikachi 440 kilogrammlik shtangani ko‘tarib, jahon rekordi o‘rnatdi

Foto: ntv.ru

Rossiyalik og‘ir atletikachi 440 kilogrammlik shtangani ko‘tarib, jahon rekordi o‘rnatdi

Rossiyalik Yuriy Belkin 440 kilogrammlik shtangani ko‘tarib, jahon rekordini yangiladi. Bu haqda NTV xabar bermoqda. 

Sportchining o‘zi 103 kg keladi. Shu tariqa,. Belkin o‘z vaznidan 4 marta og‘irroq keladigan shtangani ko‘tara olgan. 

Bu boradagi avvalgi rekord amerikalik og‘ir atletikachi Kayler Volamga tegishli bo‘lgan. U 2017 yil yozida 421,5 kg lik shtangani ko‘tara olgan.

Belkin pauerlifting bo‘yicha Rossiya terma jamoasi a'zosi, klassik pauerlifting bo‘yicha o‘smirlar orasida 2 karra jahon chempioni, erkaklar o‘rtasida Rossiya va jahon chempioni hisoblanadi. U 2016 yilda ham rekord o‘rnata olgandi: o‘shanda uning natijasi 420 kg ni tashkil etgan.

Mavzuga oid