Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov vazirlar mahkamasi yiğilişida hukumat a'zolariga ştanga kötarişdagi uquvini körsatdi.
“Turkmaniston bugun” axborot agentligining ma'lum qilişiça, yiğilişda Turkmanistonda 1-10 noyabr kunlari bölib ötadigan oğir atletika böyiça jahon çempionatiga tayyorgarlik muhokama qilingan. Yiğiliş davomida Berdimuxamedovga musobaqaning oçiliş marosimiga keliş taklifnomasi, esdalik belgilari hamda ramziy körinişdagi ştanga sterjeni topşirilgan.
Berdimuxamedov oltin suvi yugurtirilgan sterjenni boşi uzra kötarib, özining sportdagi uquvlarini namoyiş qilgan.
Hukumat a'zolari prezidentning bu xatti-harakatlarini qizğin olqişlaşgan.












