Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya va Buyuk Britaniyani dunyodagi eng uzun elektr kabel bog‘laydi
Daniya hukumati Buyuk Britaniyaga Viking Link doimiy tok kabelini yotqizish haqida qaror qabul qildi, u dunyodagi eng uzuniga aylanadi, deb xabar bermoqda Daniya Energetika vazirligi.
"Energetika vaziri Lars Kristian Lillexolt bugun Viking Link elektr kabeliga yashil chiroq berdi, u taxminan 750 kilometr masofaga ega bo‘ladi hamda qiymati 11 mlrd. kronaga baholanmoqda. Viking Link dunyodagi eng uzun elektr kabelga aylanadi", - deyiladi xabarda.
Rejaga ko‘ra, kabel Janubiy Yutlandiyadagi Veyyen shahridan yotqiziladi va uning yakuniy nuqtasiga Londondan 170 kilometr shimolda joylashgan tuman aylanadi. Viking Link’ning katta qismi Shimoliy dengiz tubidan o‘tkaziladi. Daniya Energetika vazirligidan aniqlik kiritishlaricha, qurilishning maqsadi – elektr energiyasining ishonchli manbalarini yaratish va davlatlar orasida elektr quvvati bilan savdo qilish imkoniyatini oshirish.
Qurilish 2019 yilda boshlanadi hamda 2022 yilda bitishi rejalashtirilmoqda. Uning o‘tkazish imkoniyati 1400 megavattni tashkil etadi, bu Daniyada iste'mol qilinuvchi o‘rtacha elektr energiyasining uchdan bir qismidan ko‘proqqa teng.
Ajratiladigan mablag‘lar nafaqat Buyuk Britaniyaga kabel yotqizish, balki Germaniya bilan chegarada yuqori voltli tarmoqni mustahkamlashga ham yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026