O‘zbekiston | 14:43 / 30.10.2017
26658
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya telekanallaridan birida O‘zbekiston haqidagi hujjatli film namoyish qilindi

Foto: Flickr

Rossiyaning "Kultura” telekanali  O‘zbekiston  elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi  va “Karvon-TV” telekanali bilan hamkorlikda   yaratilgan  “O‘zbekiston:  erishilgan yutuqlar ” hujjatli filmini  namoyish etdi. 

Film bir soatga mo‘ljallangan bo‘lib, u O‘zbekistonda  zamonaviy taraqqiyot bilan birga qadimiy an'analar, urf-odatlar, sharqona donishmandlikning uyg‘unlashuvi haqida so‘zlaydi. Hujjatli filmda mamlakatimizning boy madaniy merosi, qadimiy obidalaridagi noyob epigrafik yozuvlar, shuningdek olimlarimizning bu borada olib borgan izlanishlari alohida qayd etiladi.

"O‘zbekistonning tarixiy me'moriy obidalaridagi yozuvlar bizning buyuk bobolarimiz tomonidan yozib qoldirilgan bo‘lib, ular mehr-muhabbat, tinchlik, ta'lim va bag‘rikenglikni tarannum etadi", - deydi "O‘zbekistonning madaniy merosi" medialoyihasi rahbari Firdavs Abduxoliqov. 

Ta'kidlash joizki, "O‘zbekiston: erishilgan yutuqlar" hujjatli filmining s'yomkalari Samarqand, Xiva, Buxoro va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tgan.

Mazkur filmda O‘zbekistonning taniqli me'morlari, sharqshunoslari, tarixchilari va xattotlaridan intervyu olingan. Shu bilan birga, ajoyib kino- va fotohujjatlar, arxiv kadrlar, shaxsiy arxivlar materiallari hamda muzey artefaktlaridan foydalanilgan.

Filmning asosiy konsepsiyasi taraqqiy etgan va ma'rifiy islom - tinchlik, mehr-muhabbat, bag‘rikenglik va ma'rifat dini ekanidadir.

Mavzuga oid