Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi nizo barham topishidan manfaatdor"
Foto: Sputnik
O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi nizo tez orada barham topishidan manfaatdor. Bu haqda "Hamdo‘stlik" press-klubiga An'anaviy madaniyatlar markazining Markaziy Osiyo geoiqtisodiyoti va geomadaniyati bo‘yicha direktori o‘rinbosari Baxtiyor Ergashev ma'lum qildi.
Ergashevning ta'kidlashicha, ushbu davlatlar iqtisodiy jihatdan bir-birlari uchun muhimdirlar. Biroq Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida vaqti-vatqi bilan keskinlashuvchi muammolar mavjud. Ularni hal qilishga va munosabatlarda jiddiy muammolarga keltirmaslikka harakat qilinib kelinadi. "Atamboyevning Qozog‘iston, uning rahbari, YeOIIga nisbatan keskin gaplari nizoning sabablaridan biri ekanligi tushunchasi mavjud", deb hisoblamoqda mutaxassis.
"Nizoning iqtisodiy omilidan tashqari, Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq siyosiy omili ham bor. Bu omil shundan iboratki, Qozog‘iston muxolifat nomzodiga mayl bildirgan", deb qo‘shimcha qildi Ergashev.
Ergashevning fikricha, Qirg‘izistonning yangi prezidenti endi bu "meros"ni hal qilishiga to‘g‘ri keladi.
"Yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini tiklash birinchi navbatda Qirg‘izistonga kerak, chunki u Qozog‘iston iqtisodiyotiga ko‘p jihatdan bog‘langan. Agar nizoni hal qilishda chetdan yordam haqida gapirilsa, bunda O‘zbekiston vositachilik qilishi kerak emas. Qozog‘iston va Qirg‘iziston rahbarlari o‘rtasidagi nizo ko‘p jihatdan Rossiya tomondan hal qilinishi lozim. Qozog‘iston ham, Qirg‘iziston ham tizimni tashkil qiluvchi rolni Rossiya ijro etuvchi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a'zosi hisoblanadi va Rossiyadan bo‘lak yana boshqa qaysi davlat YeOIIga kiruvchi ikki davlat o‘rtasidagi nizoni hal qilsin", deb aytgan Ergashev.
Mavzuga oid
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
21:06 / 25.05.2026
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
20:10 / 25.05.2026