Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekistonning yana bir fuqarosi halok bo‘ldi
Rossiyaning Svetlogorsk shahrida seshanba, 31 oktabr kuni erkak kishi tomdan yiqilib hayotdan ko‘z yumdi. Hodisa «Viktoriya» supermarketi joylashgan tumanda kunning ikkinchi yarmida yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, erkak qurilayotgan ma'muriy bino tomini yopish bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqaviy tergov boshqarmasi rahbari katta yordamchisi Natalya Gatskoning xabar berishicha, voqea joyida tumanlararo bo‘lim tergovchisi ishlamoqda. Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari halok bo‘lgan erkakning shaxsini aniqlashdi. U O‘zbekistonning 30 yoshli fuqarosi ekani aytilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, erkak to‘qqiz metrlik balandlikdan pastga qulagan. Tergovchilar tekshiruv boshlashdi, hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026
Rossiya Ruminiyaga javob chorasi sifatida konsullikni yopmoqda
08:50 / 26.06.2026