Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aripov va Medvedev o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida 2 noyabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar o‘zaro hurmat va ishonch ruhida izchil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar bunda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta'kidladi.
Mamlakatlar hamkorligi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa qator hujjatlar asosida yangi bosqichga chiqdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil aprel oyida Rossiyaga davlat tashrifi, 10-11 oktabr kunlari Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisi doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi o‘zaro munosabatlarni aniq amaliy mazmun bilan boyitgani qayd etildi.
Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar vazirlik va idoralar yo‘nalishida ham rivojlanib bormoqda. Keyingi yarim yilda hukumatlararo darajada yigirmaga yaqin tashriflar amalga oshirildi. Bu savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada faollashtirish uchun keng imkoniyatlar ochdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish, sanoat kooperatsiyasi sohalarida jadallashgani qayd etildi.
Ikki mamlakat hukumatlari rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi kengaytirilgan muzokaralarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari, vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida o‘ndan ziyod hujjat imzolandi. Jumladan, neftni qayta ishlash, bank-moliya, investitsiya, savdo, sanoat, avtomobilsozlik, ilm-fan, tashqi migratsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir qator memorandum va bitimlar qabul qilindi.
Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026