Sport | 00:53 / 05.11.2017
7361
2 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. "Bavariya" safarda "Borussiya D" darvozasiga 3ta gol urdi

Foto: Twitter/FCBayern

Germaniya chempionatining 11-tur markaziy o‘yinida "Borussiya Dortmund" o‘z maydonida "Bavariya"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 1:3 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

16-daqiqada Robben hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada Levandovski oradagi farqni oshirdi. Alaba 67-daqiqada gol kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqada qolganida Bartra mezbonlarning o‘yindagi yagona golini kiritib, jamoasini yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Borussiya D – Bavariya 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 16 Robben, 0:2 – 37 Levandovski, 0:3 – 67 Alaba, 1:3 – 88 Bartra.
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos (Tolyan, 42), Shmeltser, Bartra, Toprak, Kastro, Vaygl, Pulishich, Kagava (Gettse, 68), Yarmolenko (Sancho, 80), Obameyang.
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba (Rafinya, 74), Martines (Rudi, 81), Robben, Kimmix, Xames (Vidal, 84), Alkantara, Koman, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Shmeltser (9), Toprak (59), Alaba (65), Martines (75).

Mavzuga oid