Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston fuqarosi Xitoydan 40 ta smartfonni o‘z tanasida olib o‘tishga urindi
Foto: Wired
Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan ayol Qozog‘iston-Xitoy chegarasi orqali gadjyetlarni o‘z tanasida olib o‘tishga harakat qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati matbuot xizmatiga tayangan holda.
Xabar qilinishicha, 44 yoshli ayolni «Xorgos» nazorat-o‘tkazish punkti naryadi qo‘lga olgan. U Chegara yaqinidagi hamkorlik xalqaro markazidan Qozog‘istonga piyoda harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. Fuqaroni ko‘zdan kechirish chog‘ida uning tanasidan Samsung rusumli 40 ta mobil telefon topildi.
«Qo‘lga olish holati haqida tegishli idoralar vakillari xabardor etildi», - deya xulosa qilingan Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati matbuot xizmati xabariga.
Mavzuga oid
20:24 / 02.03.2026
Apple yangi eng arzon iPhone 17e modelini taqdim etdi
21:01 / 28.02.2026
Blackview “o‘lmas” smartfonini taqdim etdi
21:30 / 22.02.2026
Huawei fevral oxirida global taqdimot o‘tkazadi
22:37 / 02.02.2026