Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada mashina maktab hududidagi binoga urilishi oqibatida 22 o‘quvchi jarohat oldi
7 noyabrda Avstraliyaning Sidney shahri yaqinidagi shaharchadagi Banksia Road boshlang‘ich maktabi binosiga mashina borib urilishi oqibatida bino ichida bo‘lgan 22 o‘quvchi jarohat oldi. Bu haqda ABC teleradiokompaniyasi ma'lum qildi.
Voqea joyiga 8 ta politsiya mashinasi va tibbiy yordam vertolyoti yuborilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 5 bola shifoxonaga olib ketilgan, ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir va ular jonlantirish bo‘limiga yotqazilganlar. Qolgan o‘quvchilarga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.
Ma'lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 9:45 da avtomobil haydovchisi yo‘lning qatnov qismidan burilib, binoga borib urilgan. Bu vaqt binoda mashg‘ulotlar o‘tayotgan bo‘lgan.
“Mashinani boshqarayotgan ayol qon va siydik tahlilini olish uchun shifoxonaga yetkazildi”, deb aytgan mahalliy politsiya vakili.
Voqea tafsilotlari o‘rnatilmoqda.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026