Jamiyat | 22:02 / 08.11.2017
6785
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyev sudi Ukraina ichki ishlar vaziri o‘g‘lining kvartirasiga taqiq qo‘ydi

Foto: 112.ua

Kiyev tuman sudlaridan biri Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakovning o‘g‘li Aleksandrning kvartirasiga taqiq qo‘ydi. Bu haqda aksilkorruptsion prokuratoraning rahbari o‘rinbosari Vladislav Krivenko ma'lum qildi.  

“Sud bizning talabimizni qisman qondirdi va Avakovning ko‘chmas mulkiga taqiq qo‘ydi”, deb aytgan Krivenko.

Uning aytishicha, sud gumonlanuvchilarning mulkiga taqiq qo‘yish talablarini ko‘rib chiqishni davom ettiradi. 

Aleksandr Avakov va yana ikki kishi Kiyevda 31 oktabrda ushlangan. Ular 2015 yilda ichki ishlar vazirligi uchun ryukzaklar xarid qilishda 250 ming dollarni xarj qilib yuborishda gumon qilinmoqda. 

Aleksandrning o‘zi esa ushbu ishni “otasiga siyosiy bosim o‘tkazishga urinish”deb atamoqda.  

Mavzuga oid