Rossiya Içki işlar vazirligi Ukraina sobiq içki işlar vaziri Arsen Avakovni qidiruvga berdi. Bu haqda 6 may, duşanba kuni mahkama ma’lumotlar bazasida aytilgan. Kartoçkaga köra, Içki işlar vazirligi 1964 yil 2 yanvarda Boku şahrida tuğilgan, millati arman bölgan Avakov Arsen Borisoviçni qidirmoqda. Şu bilan birga, ma’lumotlar bazasida avvalroq Rosfinmonitoring tomonidan «terrorçilar» va «ekstremistlar» röyxatiga kiritilgan Avakov Jinoyat kodeksining qaysi moddasi böyiça qidiruvga berilgani aniqlaştirilmagan. 

Bundan oldin Rossiya Tergov qömitasi Avakovga nisbatan 2018 yilgi Rossiya prezidenti saylovlarida fuqarolarning ovoz berişiga tösqinlik qilgani uçun jinoiy iş qözğatgan edi. Tergov ma’lumotlariga köra, Avakov bir guruh şaxslar bilan til biriktirib, vazirlik xodimlariga Rossiyaning Kiyev, Lviv, Odessa va Xarkivdagi diplomatik muassasalarida saylov uçastkalariga rossiyaliklarning kirişiga yöl qöymaslik haqida körsatma bergan.

Arsen Avakov 2014-2021 yillarda prezidentlar Petro Poroşenko (2014-2019) va Volodimir Zelenskiy davrida Ukraina Içki işlar vazirligi rahbari lavozimida işlagan. 2012—2014 yillarda Oliy rada deputati, 2005—2010 yillarda Xarkiv viloyati ma’muriyatini boşqargan.

Ukrainaning sobiq va hozirgi yuqori martabali rahbarlari qidiruvga berildi

Ukraina sobiq axborot siyosati vaziri, 2014—2019 yillarda uşbu lavozimda işlagan Yuriy Stets ham oşkor etilmagan jinoiy modda böyiça qidiruvga berilgan. U Tergov qömitasi avvalroq Donbassning Rossiya nazorati ostidagi hududida «öq otiş va boşqa taxmin qilingan jinoyatlarda» ayblagan şaxslar röyxatida paydo böldi.

Ötgan haftada Rossiya Içki işlar vazirligi Ukraina oliy rahbariyatining bir qator vakillarini va avvalroq mamlakatni boşqargan şaxslarni qidiruvga berdi. Mahkama ma’lumotlar bazasiga amaldagi davlat rahbari Volodimir Zelenskiy, uning ötmişdoşi Petro Poroşenko, Ukraina Taşqi işlar vazirligining sobiq rahbari Pavel Klimkin, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining (MXMK) sobiq rahbari Oleksiy Danilov va Oliy rada sobiq spikeri Vladimir Groysman kiritildi.

Xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olişga order bergan 

2023 yil 17 mart kuni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order berdi. Öşanda qarorning tafsilotlari darhol oşkor etildi: sud Putinni harbiy jinoyatlarda, xususan, Ukrainaning egallab olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilişda gumonlamoqda. Xuddi şunday hibsga oliş haqidagi order Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham çiqarilgan.