18:40 / 08.11.2017
14394

Messi terma jamoani o‘z qo‘liga olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi TyC Sports nashriga bergan intervyusida, bosh murabbiy Xorxe Sampaoliga terma jamoaga kimni chaqirish kerakligi borasida maslahat berayotgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.

«Bu yolg‘on. Men terma jamoani boshqarmayman va hech qachon tarkib tuzishga aralashmaganman. Shuningdek, kimni chaqirish va chaqirmaslikni ham aytmaganman», — dedi Messi.

Avvalroq, Argentina matbuotida, Messi terma jamoaga faqat o‘zinining do‘stlarini chaqirilishini talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Top