Karles Puyol özbek futboli, terma jamoa murabbiyligi, Gvardiola va boşqalar haqida
Kataloniyaning «Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyaçisi, Jahon va Yevropa çempioni Karles Puyol Özbekistonga taşrifi doirasida taşkillaştirilgan matbuot anjumanida ham iştirok etdi. Puyol jurnalistlar, tadbirda iştirok etayotgan mehmonlar va muxlislarning ham savollariga javob qaytardi.
— Hammaga salom. Bu yerda bölişimga sababçi bölgan Özbekiston futbol Federatsiyasiga rahmat aytmoqçiman. 2008 yil ham Özbekistonga kelgandim. Yana bir bor bu yerda ekanligimdan xursandman.
— Xosep Gvardiola «Barselona» boş murabbiyi bölgan vaqtlarda juda ham talabçan bölgan deyişadi. Masalan uning davrida futbolçilar keçasi ham telefonini öçirib qöyişi mumkin bölmagan ekan. Pep istasa yarim tunda ham telefon qilib, taktikalarni muhokama qilgan degan gaplar yuradi. Bu qançalik töğri? Siz bilan şunday qiziqarli voqea sodir bölganmi?
— Gvardiola ajoyib murabbiy. U bilan ajoyib mavsumlarni birga ötkazganmiz. Ayniqsa bir yilda oltita sovrinni qölga kiritgan vaqtimiz barçasi ajoyib edi. Pep Yohan Kroyfdan qolgan öyin falsafasini yanada rivojlantirib, yangi bosqiçga olib çiqa olgan mutaxassis. Uning tunlari ham futbolçilarga qönğiroq qilişi haqidagi gapga keladigan bölsak, yöq albatta. Bu gap şunçaki hazil tariqasida tarqalgandi. Odatda men soat keçki soat 23:00da uxlagani yotardim. Agar u qönğiroq qilgan taqdirda ham javob bermagan bölardim.
— Murabbiy sifatida ham iş boşlaş niyatingiz bormi? Bir kun kelib murabbiy bölsangiz va Özbekiston terma jamoasidan taklif tuşsa, rozilik berişingiz mumkinmi?
— Hozirça murabbiylik uçun juda yoşman deb öylayman. Endi 40 yoşga kiryapman. Murabbiylik litsenziyasini hozirça olganim yöq. Şu bois murabbiy sifatida iş boşlaş haqida köp ham öylab körmadim. Ammo kelgusida murabbiy sifatida iş boşlasam, balki Özbekiston terma jamoasini ham boşqarişim mumkin. Buni vaqt körsatadi.
— Faoliyatingizning boşidagi muvaffaqiyatlarda Lui van Gaalning muhim örin tutişi haqida aytgandingiz. Boşqa bir intervyuingizda esa Gvardiolani eng kuçli murabbiy deb atagandingiz. Siz uçun ularning qaysi biri qadrliroq?
— Oçiği, kimnidir ajratib körsatiş qiyin. Çunki Lui van Gaal men yetuk futbolçi bölib yetişişimga katta hissa qöşgan. Aynan u meni asosiy tarkibda tuşirib, işonç bildirişni boşlagandi. Gvardiola bilan esa yutiş mumkin mumkin bölgan barça sovrinlarni qölga kiritganman. Şu bois har ikkisi ham men uçun alohida öringa ega.








