«Barselona»ning sobiq sardori Karles Puyolning aytişiça, öz vaqtida klubning aşaddiy raqibi «Real» uni öz tarkibiga qöşib olişni xohlagan.

«Real» ikki marotaba meni sotib oliş istagini bildirgan. Lekin men şundoq ham jahonning eng yaxşi klubida edim.

«Barselona» bilan sovrinlar yutişni istaganman, şuning uçun qolganman. Birinçi marta ular 2001/02 mavsumida men bilan şartnoma imzolamoqçi bölişgan.

Uç yil ötgaç «Real» Kamaçoni boş murabbiy qilib tayinlagan, u esa meni va Ronaldinoni öz jamoasida körişni xohlagan edi», – degan Puyolning sözlarini keltirdi Mundo Deportivo.