«Barselona»ning sobiq futbolçisi Karles Puyol «PSJ» futbolçisi Neymar Madridning «Real» klubi safida paydo bölişi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Menimça, u «Real»da öynaydi. Men bunda heç qanday ğayritabiiylikni körmayman, bu borada muammo bölmaydi. U professional. Ammo Neymarda «PSJ»dan ketişda muammo bölişi mumkin, çunki ular uning uçun katta mablağ sarflaşgan.
«Barselona» va «Real» bir xil darajadagi jamoalar hisoblanişadi. Bu jamoalardan ketişdan oldin yaxşilab öylaş kerak. Ammo yangi badavlatroq klublar paydo böldi, bu klublar ham kuçli jamoa quriş yölida katta nomlarni qölga kiritiş uçun harakat qilişmoqda», — deya Puyolning sözlarini keltirgan Estadao.








