Özbekiston çempionatining 28-turidan örin olgan «Paxtakor» va «Olmaliq» jamoalari örtasidagi uçraşuvda stadionda juda köp muxlislar bölişi kutilmoqda. Tribuna.Uz manbasi bergan xabarga köra, uçraşuvda Toşkentdagi oliygohlarning talabalari majburiy olib borilmoqda.

Uşbu öyinni «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyaçisi Karles Puyol ham stadiondan turib kuzatib boradi va şu tufayli stadion töldirilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Toşkent şahridagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga şoşilinç körsatmasi yöllangan. Tribuna.Uz ixtiyoriga uşbu körsatma matni kelib tuşdi.

«Özbekiston futbol federatsiyasining taklifiga binoan, yurtimizga taşrif buyurgan «Barselona» jamoasining maşhur öyinçisi Karles Puyol şarafiga bağişlab, 9 noyabr kuni soat 16:00da «Paxtakor» markaziy öyingohida «Paxtakor»-«Olmaliq» jamoalari örtasida futbol uçraşuvi va köngiloçar sport dasturlari namoyiş etilişi rejalaştirilgan.

Foto: Tribuna.uz

Şu munosabat bilan, siz rahbarlik qilayotgan oliy ta'lim muassasasi talaba-yoşlarini ilovaga muvofiq, uşbu futbol uçraşuvi hamda köngiloçar sport dasturida (guruh rahbarlari boşçiligida tartib-intizomi va xavfsizligini ta'minlagan holda) tomoşabin sifatida iştirok etişlarini ta'minlaşingiz söraladi», deyilgan körsatmada.

Foto: Tribuna.uz