Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda qancha paxta terib olingani ma'lum bo‘ldi
Foto: News.tj
Tojikistonda joriy oyning boshidagi holat bo‘yicha 372,1 ming tonnadan ziyod paxta xom-ashyosi terib olindi, deb xabar qilmoqda Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Matbuot xizmatidan aniqlik kiritishlaricha, terib olingan hosil prognoz ko‘rsatkichidan 105,5 foizni tashkil etadi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 127,8 ming tonnaga ko‘proq.
Shu oy boshida mamlakatning barcha paxtachilik hududlari prognoz rejalarini ortig‘i bilan bajarishdi. Xatlon viloyatida «paxta» majburiyati 102 foizga bajarildi. So‘g‘dda bu ko‘rsatkich 113,6 foizni, respublika bo‘ysunuvidagi tumanlarda esa 107,9 foizni tashkil etdi.
Oktyabr oyi oxirigacha paxta terimi bo‘yicha prognoz rejasini mamlakatning yigirma oltita paxta ekadigan tumani ortig‘i bilan bajargan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili 312 ming tonnadan ortiq paxta xom-ashyosi terib olingan, bu prognoz ko‘rsatkichidan 90 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
12:49 / 10.12.2025
O‘zbekistonda paxta, g‘alla va sholi yetishtirishda yuqori natijalar qayd etildi
11:02 / 10.12.2025
Paxta va g‘allachilikda hosildorlik oshiriladi: prezident qarori qabul qilindi
08:41 / 10.12.2025
Paxta xomashyosining har tonnasiga 1 mln so‘m subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi
01:25 / 07.11.2025