iPhone X ekrani bilan bog‘liq yana bir muammo aniqlandi
Apple korporatsiyasi yaqinda sotuvga chiqqan eng so‘nggi rusumdagi smartfoni iPhone X’ning sensor ekrani bilan bog‘liq yana bir muammo mavjudligini tan oldi. Aniqlanishicha, sovuq havoda smartfon ekrani bosishlarga javob bermay qo‘yarkan. Kompaniya yaqin orada bu kamchilikni to‘g‘rilashni mo‘ljallamoqda, deb xabar bermoqda The Loop.
Kompaniya Reddit foydalanuvchisi bu muammo yuzasidan shikoyat qilgandan keyin ushbu vaziyatga izoh bergan. Qolgan foydalanuvchilar ham ushbu muammoning mavjudligini ma'lum qilishgan.
“Biz iPhone X ekrani sovuq muhitga keskin o‘tilganda sensori ishlamay qolishi holatlaridan xabarimiz bor. Sensor bir necha soniyadan keyin yana ishlab ketadi. Bu muammo smartfonning keyingi yangilanishi vaqtida hal qilinadi”, deb aytilgan kompaniyada.
Apple noyabr boshida iPhone X ekrani kuyib, qorayib ketishidan ogohlantirgandi. Bu muammo ekranda uzoq vaqt o‘ta kontrast yorqin surat ochiq bo‘lganda vujudga keladi.
Mavzuga oid
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024