Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarini mavjud tahdidlarga qarshi birlashishga chaqirdi
10 noyabr kuni Samarqand shahrida BMT shafeligida «Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik» nomli xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremizm, terrorizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik harakatiga qarshi kurashning yagona samarali yo‘li - mamlakatlararo o‘rnatilgan tartibda axborot almashinuvi ekanini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Bizning nazarimizda, tahdid va mavjud xavfni «tashqi va o‘zniki» sifatida ajratish g‘oyasidan voz kechish lozim. Xavfsizlik masalasi BMT tomonidan tan olingan preventiv diplomatiya doirasidagi instrumentlar orqali hal etilishi va nazoratga olinishi lozim. Mintaqada barqaror tinchlik sharoitining kelgusi taqdiri bevosita Afg‘onistonda erishilgan natijaga bog‘liq. Shuning uchun, ta'kidlab o‘taman, O‘zbekiston qo‘shni mamlakatlar bilan iqtisodiy sherikchilikni, transport va logistika, milliy kadrlarni tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni davom ettiradi», dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyevning ta'kidlashicha, mintaqada barqarorlikni ta'minlashning eng ustuvor masala - ekstremistik g‘oyalarga qarshi samarali kurash olib borish, shuningdek, uning ta'siriga tushib qolayotgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlay bilishdan iborat.
«Aholining tarkibi bo‘yicha Markaziy Osiyo eng yosh mintaqa hisoblanadi. Yoshlar umumiy aholining 60 foizini tashkil qiladi, bu esa jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori», deb qo‘shimcha qilgan Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, o‘z nutqida, prezident BMT minbarida O‘zbekiston tomonidan «Yoshlar huquqlari to‘g‘risida»gi Konventsiyani qabul qilish taklif bildirilganini qo‘shimcha qildi.
«Bizning bu yo‘lda birlashib, harakatlanishimiz, yoshlarni yomon yo‘lga adashib qolishdan asrash borasida kuchli belgi bo‘ladi. Bu bilan adashgan kishilarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni normal hayotga qaytarishda birlashganmizni bildiramiz», deydi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:53 / 08.06.2026