Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada seriyali ishlab chiqariluvchi dunyodagi ilk vodorod poyezdi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
10 noyabrda Germaniyaning Volfsburg temir yo‘l vokzalida seriyali tarzda ishlab chiqariladigan dunyodagi ilk vodorod poyezdi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Coradia iLint nomli bu poyezd Fransiyaning Alstom mashinasozlik kompaniyasi tomondan yaratilgan.
Keyingi yilda ikkita ilk Coradia iLint poyezdi Quyi Saksoniya yerida Bukstexude—Kuksxafen yo‘nalishi bo‘yicha qatnay boshlaydi. Taqdimot vaqtida Quyi Saksoniya rahbariyati Alstom bilan 2021 yilgacha bu poyezddan yana 14 tasining yetkazilib berilishi bo‘yicha kelishuv imzolagan. Bu vaqtgacha ushbu poyezd Kuksxafen, Bremersxafen, Bremerferde va Bukstexude shaharlari orasida harakatlana boshlaydi. Vodorodda yuruvchi bu poyezdlar Germaniyaning Zaltsgitter shahridagi zavodda ishlab chiqariladi.
Germaniyaning yana uchta federal yeri bilan bu poyezdlarning xarid qilinishi bo‘yicha boshlang‘ich kelishuvlarga erishilgan. Vodorod poyezdlari elektrlashtirilmagan temir yo‘llarda dizelda yuruvchi poyezdlar o‘rnini egallaydi. Alstom kelgusida Germaniyada barcha dizel poyezdlari vodorodlilariga almashtirilishiga umid bildirgan.
Poyezdning vodorod bilan bir marta to‘ldirilishi 800 km masofaga yetadi. Bunda poyezd 140 km/soat tezlik bilan yura oladi. Poyezd tomida vodorod yoqilg‘isi saqlanadigan sisterna va vodorod energiyasini elektr tokiga aylantirib beruvchi yoqilg‘i elementi o‘rnatilgan. Poyezdlarni vodorod bilan to‘ldirishni Linde kimyo kompaniyasi amalga oshiradi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
08:38 / 02.06.2026