Jahon | 19:40 / 12.11.2017
7948
2 daqiqa o‘qiladi

Emirates aviakompaniyasi 40 ta Boeing 787-10 Dreamliner sotib olishga bitim tuzdi

Foto: Arabian Business

Yaqin Sharqdagi eng katta aviakompaniyalardan biri Emirates AQShning Boeing kompaniyasi bilan 40 ta Boeing 787-10 Dreamliner samolyoti sotib olish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Bu haqda Boeing bergan bayonotda ma'lum qilingan.

Samolyotlar va kerakli qurilmalar yetkazib berilishini o‘z ichiga oluvchi kelishuv 15,1 mlrd dollarga baholanmoqda. Ushbu kelishuv Dubai Airshow 2017 aviasalonida imzolandi. 

Emirates Group ijrochi direktori shayx Ahmad bin Said Al Maqtumning aytishicha, samolyotlar 2022 yildan yetkazib berila boshlanadi. “Emirates strategiyasi har doim eng zamonaviy va samarali samolyotlarga sarmoya qilishdan iborat bo‘lgan va bugungi kundagi buyurtmalar buni aks ettiradi. Bugungi bayonotimiz BAA va mintaqadagi aviatsiyaning kelajagiga ishonchimiz haqida gapiradi”, deb aytgan shayx.

“Emirates kompaniyasi o‘z samolyotlar parkini kengaytirish uchun Boeing 787-10 Dreamliner’ni tanlaganidan xursandmiz”, deb aytgan o‘z navbatida Boeing rahbari Kevin Makallister.

Bayonotda aytilishicha, AQSh savdo vazirligining baholashicha, bunday katta ko‘lamdagi bitim AQShda u yoki bu yo‘l bilan 75 mingdan ko‘proq ish o‘rni bilan ta'minlaydi. 

Mavzuga oid