Dubayda aviakompaniya styuardi biznes-klassdagi yölovçilardan 5000 dollar öğirlaş ayblovi bilan sud qilinmoqda. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.

Naşrga köra, hodisa Bangkokdan Dubayga parvoz qilgan uç aka-uka özlari bilan birga bölgan otalarining ahvolidan xabar oliş uçun öz joylarini tark etişganida yuz berdi. Ular öz örinlariga qaytgaç, jami 18,5 ming BAA dirhami (5 ming dollar) yöqolganligini aniqlaşdi.

Samolyotni tekşiriş uçun kelgan politsiyaçilar bortda yöqolgan pullarni topa olişmadi. Ular tomonidan olingan barmoq izlari böyiça gumondor - Misrning 37 yoşli fuqarosi, reys iqtisod-klassida styuard bölib işlagan şaxs qölga olindi.

Tergov jarayonida ayblanuvçi dastlab öz aybini tan olmadi, keyinçalik öğrilik sodir etganligini bildirdi. Uning sözlariga köra, qönişdan avval ömarilgan kupyuralarni hojatxonada oqizib yuborgan, bu voqeadan politsiya xabardor etilgani tufayli yuz bergan, deb xabar qiladi naşr.

Hodisa 21 iyun kuni sodir bölgan, gumondor 24 iyul kuni, bir oydan keyin Dubay aeroportida politsiya tomonidan uşlandi. Voqea röy bergan aviakompaniya nomi oşkor etilmayapti, biroq, qator OAV ma'lumotiga köra, bu Emirates samolyoti bölgan.