Jamiyat | 12:05 / 14.11.2017
20579
3 daqiqa o‘qiladi

Bloger «O‘zbekiston temir yo‘llari»dan Toshkent vokzalidagi imloviy xatolarni tuzatib qo‘yishni so‘radi

Bloger va jurnalist Bekzod Hidoyatov o‘z blogida Toshkent temir yo‘l vokzalida qo‘pol imlo xatolariga yo‘l qo‘yilganiga e'tibor qaratdi.

Xorijdagi turli transport vositalari xizmatidan foydalangan insonlar juda yaxshi biladi: bekatdagi har xil e'lonlar dastlab o‘sha mamlakatning davlat tili, so‘ng ajnabiy tilda yozilgan. Chunki...

Ha mayli, bu haqda keyinroq...

Olingan chiptani qaytarish uchun Toshkent vokzalidagi temir yo‘l kassasiga oshnam bilan birga bordik. Shu ish bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim texnik nosozlik tufayli mijozlarga qariyb 15 daqiqa xizmat ko‘rsatmadi. Temir yo‘l chiptasini qaytarish bilan bog‘liq muhim ma'lumotlar bilan tanishdik.

Dastlab, nigohimiz ma'muriyatning mana bu eslatmasiga tushdi:

Haqsiz. Aslida, (rus tilidan o‘zbek tiliga no‘noq tarjima qilinganini aytmasa) bunday yozilishi kerak edi, to‘g‘rimi?

Pastdagi e'lon yuqoridagisidan mustasno emas:

O‘zbek tili, uning imlo qoidalariga bo‘lgan bunday bepisandlikni barcha e'lon va eslatmalarda uchratish mumkin. Yuqoridagilar ulardan ayrim misollar xolos. Markaziy temir yo‘l kassasidagi manzara shunday bo‘lsa, quyi bo‘limlardagi holat qay ahvolda ekanini tasavvur qilish mushkul emas. Kassa mamlakatimiz fuqarolari, xorijlik mehmonlar bilan gavjum. E'lonlarning «savodi»ni ko‘rgan mehmonlar salbiy taassurotga ega bo‘lishi tabiiy. Samarqand, Shahrisabz, Xiva singari tarixiy maskanlarga poyezdda borishning zavqi o‘zgacha. Shu va boshqa xatolarni tuzatib qo‘yish «O‘zbekiston temir yo‘llari» uchun «Qamchiq» tunnelini ochishdek qiyin ish emas, deb o‘ylayman. Yurtimiz iqtisodiyotining qon tomiri hisoblangan temir yo‘llarining davlat tiliga ayri ko‘z bilan qarashi, ochig‘i, kishini taajjublantiradi.

Xorijdagi turli transport vositalari xizmatidan foydalangan insonlar juda yaxshi biladi: bekatdagi har xil e'lonlar dastlab o‘sha mamlakatning davlat tili, so‘ng ajnabiy tilda yozilgan. Chunki, biri ehtirom, sadoqat singari ma'nolarni ifodalasa, ikkinchisi mehmonlarga bo‘lgan hurmatni anglatadi. Shu bois, imloviy u yoqda tursin, hatto, tinish belgilarini qo‘llashda ham xatolikka yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishadi.

O‘zbek tiliga munosabatimizni, mehmonlarga hurmatimizni bunday yo‘sinda ko‘rsatmaylik.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid