Samarqand viloyati Toyloq tumani hududidan ötgan yangi temiryöl tarmoğida favqulodda holat röy berdi. Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşgan videoda daryo suvi temiryöl ötkazilgan dambani yuvib ketgani, natijada relslar tayançsiz qolganini köriş mumkin.
Hodisa Toyloq tumani Döstlik mahallasi hududida, temiryölning Zarafşon daryosi yoqalab ötgan qismida sodir bölgan.
Videoda daryo suvi relslar ostidagi tuproqni yuvib ketgani tufayli temiryölning mazkur qismi foydalaniş uçun yaroqsiz holatga kelganini köriş mumkin.
Mazkur hodisa röy bergan uçastka 2025 yil noyabrida foydalanişga topşirilgan «Samarqand – Urgut» yangi temiryöl tarmoğining bir qismi hisoblanadi. Uşbu loyiha doirasida Samarqand va Urgut örtasida 55,4 kilometrlik yangi temiryöl qurilgan, ikkita vokzal, ikkita töxtaş punkti, ikkita köprik hamda yuzdan ortiq sun’iy inşootlar barpo etilgan edi.
E’tiborli jihati şundaki, «Özbekiston temir yöllari» loyiha taqdimotida aynan Zarafşon daryosi qirğoğidan ötgan temiryöl izlarini suv oqimidan himoyalovçi damba qurilgani haqida ma’lum qilgandi.
Kun.uz holat yuzasidan batafsil ma’lumot oliş uçun «Özbekiston temir yöllari» matbuot xizmatiga sörov yubordi.












