Sport | 23:37 / 14.11.2017
15859
2 daqiqa o‘qiladi

Gollarga boy o‘rtoqlik o‘yinida Nigeriya Argentinani yanchdi

Foto: AFP

Rossiyaning Krasnodar shahrida Argentina va Nigeriya terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Birinchi bo‘limning dastlabki yarmi argentinaliklar ustunligida o‘tdi. Banega va Agueroning gollaridan so‘ng, "albiseleste" 2 to‘p farq bilan oldinga o‘tib oldi.

Shundan so‘ng, o‘yin yo‘nalishi umuman o‘zgarib ketdi. Birinchi bo‘limdayoq hisobni qisqartira olgan Nigeriya, ikkinchi bo‘limda raqibning xatolaridan unumli foydalanib, yana uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Vaziyatni o‘nglash uchun qilingan Argentinaning barcha harakatlari samarasiz bo‘ldi.

O‘rtoqlik o‘yini.
Argentina – Nigeriya 2:4 

14 noyabr, «Krasnodar» stadioni

Gollar: 1:0 – 27 Banega, 2:0 – 36 Aguero, 2:1 – 44 Ixeanacho, 2:2 – 52 Ivobi, 2:3 – 54 Idovu, 2:4 – 73 Ivobi. 
Argentina – Markesin, Maskerano, Petstselya (Insua, 80), Otamendi, Lo Chelso (Gomes, 58), Peres, Banega, Di Mariya (Rigoni, 76), Pavon (Perotti, 77), Aguero (Benedetto, 46), Dibala (Belluski, 63).
Nigeriya – Akpeyi (Uzoxo, 46), Balogun (Omeruo, 61), Avazem, Ayna (Idovu, 46), Trost-Ekong, Ndidi, Shexu (Ebeyi, 46), Ogu, Obi Mikel, Ivobi, Ixeanacho (Musa, 70).
Ogohlantirish: Ixeanacho (17).

Mavzuga oid