Janubiy Amerikada 2018 yilgi jahon çempionati saralaş bosqiçi yakunlangandan keyin, Argentina terma jamoasi xususida antiqa holat aniqlandi: 2016 yil noyabridan beri bu terma jamoa gollarining muallifi bir odam – Lionel Messi ekan.
Argentina oxirgi 6 ta rasmiy uçraşuvda raqiblari darvozasiga 5 ta gol kiritgan. Ulardan 4 tasida Messi özini körsatgan, yana bitta gol avtogol bilan urilgan. 2016 yil noyabrda Argentina Kolumbiyani 3:0 hisobida mağlub qilgan. Uşbu öyinda Messidan taşqari, Anxel Di Mariya va Lukas Pratto ham öz hisobiga bittadan gol yozib qöyişgan.
Ta'kidlaş joizki, aynan Leoning saralaş bosqiçining sönggi turida Ekvadorga qarşi uçraşuvda urgan uçta goli Argentinani JÇ final bosqiçiga olib çiqdi. Argentina uçraşuvda 3:1 hisobida ğalaba qozonib, saralaş bosqiçini 3-örin bilan yakunladi.

















