23:45 / 14.11.2017
11365

Harbiylar Zimbabve poytaxtini o‘rab oldi

Foto: Reuters

Zimbabvening poytaxti Xarare tomon tanklar yo‘l olayotgani qayd qilindi. Ushbu holat tasvirlangan videoni The Independent e'lon qilgan.  

Guvohlarning aytishicha, jangovar mashinalar shaharga olib boruvchi bir nechta yo‘llarni to‘sib qo‘ygan. Bundan tashqari, harbiylar kiyimidagi odamlar ZBC davlat telekompaniyasining ofisini bosib olishgan, efir to‘xtatilgan.

Nashrning ta'kidlashicha, mamlakatning 93 yoshli rahbari Robert Mugabe o‘tgan haftada vitse-prezident Emerson Mnangagvani iste'foga ketkazgandan keyin mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat keskinlashgan. 

Mnangagva davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga urinishda gumon qilinib, o‘z lavozimidan chetlatilgandi.

Mavzu
Zimbabveda davlat to‘ntarishi
14 noyabr kuni Zimbabveda harbiylar mamlakat poytaxtiga kirdi. 15 noyabr kuni mamlakatga 37 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Robert Mugabe va oilasi qo‘lga olindi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top