Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zimbabveda o‘lim jazosi rasman bekor qilindi
Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva o‘lim jazosini bekor qiluvchi qonunni imzoladi. Uning o‘zi ham 1960 yillarda o‘limga hukm etilgan, ammo keyinroq jazo turi qamoq muddatiga o‘zgartirilgan edi.
Emmerson Mnangagva Foto: Vladimir Smirnov/ TASS
Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzolandi, deb xabar beradi Euronews.
Yangi qonun nafaqat jinoyatchilarni o‘limga hukm etishni taqiqlaydi, balki sudlarga oliy jazoga hukm qilingan barcha mahbuslarning ishlarini qayta ko‘rib chiqish majburiyatini ham yuklaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirda mamlakatda 60 ga yaqin mahbus o‘limga hukm qilingan. Ushbu jazo turi o‘rniga umrbod qamoq jazosi va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish kabi jazolar qo‘llanadi.
Qayd etilishicha, Zimbabveda o‘lim jazosi oxirgi marta 2005 yilda ijro etilgan. Mnangagva hokimiyat tepasiga kelganidan keyin bir necha bor o‘z prezidentlik vakolatlaridan foydalangan holda o‘limga hukm qilinganlar jazosini umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirgan.
Mamlakatning amaldagi prezidentining o‘zi 1960 yillarda, Zimbabve mustaqilligi uchun urush davrida poyezdni portlatgani uchun o‘limga hukm qilingan, ammo keyinroq jazo 10 yillik qamoq muddatiga o‘zgartirilgan.
Keniya, Liberiya va Gana kabi Afrika davlatlari ham yaqinda o‘lim jazosini bekor qilish yo‘nalishida «ijobiy qadamlarni» tashlagan, ammo ular bu boradagi qonunni qabul qilganicha yo‘q.
Amnesty International ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 113 ta davlatida o‘lim jazosi bekor qilingan. 2023 yilda dunyo bo‘ylab 1,2 ming kishi qalt etilgan — ularning aksariyati Eron va Saudiya Arabistoni hisobiga to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinlarda Somali va AQSh turibdi.
Mavzuga oid
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
17:38 / 09.02.2026
«Bishkeklik manyak» tergov izolyatori kamerasida jonsiz holda topildi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
22:28 / 22.12.2025