Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot muassasalari rahbarlarining oylik ustamalari qancha miqdorda belgilanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining qarori bilan tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ-3231-son “Ta'lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 sentabrdagi 714-son “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qildi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2005 yil 31 dekabrdagi 06-3/436, 5083, 107-son qarori (2006 yil 14 yanvar) bilan tasdiqlangan Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
1.11-band quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirildi:
“Izoh: tibbiyot muassasalari rahbarlarining oylik ustamalari yuqori turuvchi tashkilotning qaroriga binoan tarif stavkasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.”.
2.21-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“21.Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026