Prezidentning “2026 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qaroriga muvofiq, bayram tadbirlarini taşkil etiş böyiça taşkiliy qömita tarkibi tasdiqlandi.
Qarorga köra, Navröz bayramini munosib nişonlaş uçun “Navrözni uluğlaş – insonni uluğlaşdir!” degan ezgu ğoya asosida taşkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy va tarğibot tadbirlari dasturi işlab çiqilib, uning amalga oşirilişi ta’minlanadi.
Joriy yilda Navröz bayramining muborak Ramazon hayiti bilan hamohang tarzda nişonlanişi munosabati bilan insonparvarlik va saxovat tamoyillariga alohida e’tibor qaratiladi. Şu maqsadda “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yaşayotgan şaxslar holidan xabar oliş va ularga xayriya tadbirlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Şuningdek, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş tadbirlari, “Men ham köçat ekaman” aksiyasi hamda umumxalq haşarlari ötkaziladi.
Bayram munosabati bilan Toşkent şahridagi “Yangi Özbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari, madaniy dasturlar va turli ommaviy tadbirlar taşkil etilişi közda tutilgan.












