Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valyuta mablag‘larini qayta baholashda olingan foyda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2.09.2017 yildagi PF-5177-son prezident farmonining 7-bandi ijrosi yuzasidan ma'lum qilishlaricha, 1.07.2018 yilgacha shunday tartib joriy etiladiki, unga ko‘ra chet el valyutasidagi mablag‘larni qayta baholashda olingan foyda soliq solish bazasiga kiritilmaydi.
Norma.uz’ning xabar berishicha, chet el valyutasi kursi o‘zgarishi munosabati bilan, valyutani liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni joriy etishda tegishli hisobot davrida kassa, depozit va ssuda hisobvaraqlarida, shu jumladan akkreditivlarda bo‘lgan valyuta mablag‘larini qayta baholash natijasida olingan foyda soliq solish bazasiga kiritilmaydi.
Ko‘rsatilgan norma quyidagilarni hisoblab chiqarishda qo‘llaniladi:
• yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
• obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
• yagona soliq to‘lovi.
Shuningdek xabarda yuqorida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha hisobotlarning qaysi satrlarida chet el valyutasini qayta baholashda olingan foyda aks ettirilishi ko‘rsatilgan.
Ma'lumot uchun: chet el valyutasidagi mablag‘larni qayta baholash natijasida olingan foyda deganda ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshgan summa tushuniladi.
Mavzuga oid
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026