2020 yilga borib 20 ta mamlakat ko‘mir yoqiladigan elektr stansiyalaridan voz kechadi

Foto: csmonitor.com
Turli qit'alarda joylashgan 20 davlat elektr energiyasi olish uchun ko‘mirdan foydalanishdan voz kechishini e'lon qildi. Kutilishicha, kelgusi yilning o‘zida uglevodorodlarning yoqilishga qarshi bo‘lganlar soni uch martaga oshadi. Biroq eng faol iste'molchilar hozircha alyansga qo‘shilish istagini bildirishganicha yo‘q.
Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning iqlimiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan konferensiyasida 20 ta davlat Powering Past Coal alyansiga qo‘shilgan. Bu alyans elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirdan foydalanishni bas qilishga chaqiradi. Bu yerdagi rejalarni 2030 yilgacha to‘liq amalga oshirish mo‘ljallangan, deb xabar qiladi ABC News.
Loyihaga Yevropaning Daniya, Italiya, Finlyandiya, Fransiya, Portugaliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Avstriya, Shveytsariya va Belgiya kabi davlatlari qo‘shilgan. Ko‘mirdan voz kechishga, shuningdek, Kanada, Yangi Zelandiya, Niue, Efiopiya, Angola, Meksika, Salvador, Fiji va Marshall orollari ham tayyorligini bildirgan.
Biroq jahonda ko‘mirni eng ko‘p ishlatuvchi davlatlar hamon Xitoy, Hindiston, Rossiya, AQSh va Germaniya bo‘lib qolmoqda va ular bu ittiofqni nazar-pisand qilishayotgani yo‘q.
BMT 2018 yilda Polshaning Katovits shahrida bo‘lib o‘tadigan iqlimga oid muammolarga bag‘ishlangan xalqaro sammitda alyans qatnashchilari soni 50 tagacha ko‘payishidan umidvor. Yuridik tomondan Powering Past Coal’ga a'zo bo‘lish biror narsaga mas'ul qilmaydi, bitim shunchaki davlatlarning niyatini bildiradi. Birlashma qatnashchilari SO2 ajratib chiqarishni qisqartirish borasidagi texnologiyalarni ham o‘zaro almashishlari nazarda tutilmoqda.
Powering Past Coal tarkibiga kirgan davlatlarning ko‘pchiligi ko‘mirdan butkul voz kechish niyatlarini e'lon qilishgan. Italiya masalan bu rejani 2025 yilgacha amalga oshirsa, 2030 yilgacha Finlandiya to‘liq voz kechmoqchi. 2030 yilga kelib Niderlandiya ko‘mirda ishlovchi barcha elektrostansiyalarni yopsa, Fransiya bu ishni 2023 yilgacha, Britaniya 2025 yilgacha amalga oshirmoqchi. Kanada ham 2030 yilgacha ko‘mirdan to‘liq voz kechadi.
Uglevodorodlarning eng yirik istemolchilari Xitoy va AQSh hozircha ko‘mir qazib olishni biroz qisqartirmoqchi. 2017 yilda XXR bu ko‘rsatkichni 150 mln. tonnaga kamaytirsa, Amerika kelgusi yilning oxirigacha iste'molni yiliga 30 mln. tonnaga qisqartirishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

20:20 / 05.02.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan ko‘mir import qilishni boshlaydi

12:43 / 05.02.2025
OAV: Yanukovichning o‘g‘li bosib olingan yerlardan olingan ko‘mir savdosi bilan shug‘ullanyapti

07:37 / 24.12.2024
Aholini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi

21:54 / 23.12.2024