Xitoyning Şansi viloyatidagi kömir konida röy bergan portlaş oqibatida kamida 90 kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, BBC xabar bermoqda.
Hodisa Tongzhou Group'ga qaraşli Liushenyu kömir konida, 22 may kuni kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:29 da sodir bölgan. Portlaş vaqtida konda 247 nafar işçi bölgan.
Fojiadan keyin yuzlab qutqaruvçilar voqea joyiga yuborildi. Davlat telekanallari tarqatgan kadrlarda şifokorlar jarohatlanganlarni olib çiqayotgani, hodisa joyida tez yordam maşinalari turganini köriş mumkin. Yuzdan ortiq kişi şifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.
Xitoy raisi Si Jinping tirik qolganlarni izlaş va jabrlanganlarni qutqariş uçun barça kuç va vositalarni safarbar qilişni buyurgan. U hodisa sabablarini çuqur örganiş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş böyiça ham körsatma bergan.
Mahalliy matbuotga köra, kon rahbariyati va mas’ullar qölga olingan. Portlaşning aniq sababi hozirça ma’lum emas. Biroq dastlabki ma’lumotlarda kon içidagi is gazi miqdori me’yordan oşib ketgani aytilgan.
2000-yillar boşida Xitoy kömir sanoatida yirik halokatlar tez-tez sodir bölib turardi. Keyingi yillarda xavfsizlik qoidalari kuçaytirilgan, şunga qaramay, bunday fojialar hali ham uçrab turibdi. 2023 yilda Içki Möğuliston avtonom hududidagi oçiq kömir konida röy bergan öpiriliş 53 kişining ölimiga sabab bölgan edi. 2009 yilda esa Heilongjiang viloyatidagi konda portlaş sodir bölib, yuzdan ortiq odam halok bölgan.
Xitoy – dunyodagi eng yirik kömir iste’molçisi va atmosferaga issiqxona gazlarini eng köp çiqaradigan davlat hisoblanadi. Şu bilan birga, mamlakat qayta tiklanuvçi energiya manbalariga ham katta sarmoya kiritmoqda.













