Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom koalitsiyasiga kiruvchi davlatlar mudofaa vazirlarining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Islom aksilterrorchilik koalitsiyasiga kiruvchi davlatlar mudofaa vazirlarining ilk yig‘ilishi 26 noyabrda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni matbuot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, yig‘ilishda islom koalitsiyasiga kiruvchi 41 ta davlat mudofaa vazirlari hamda Saudiya Arabistonida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar vakillari ishtirok etishlari kutilmoqda. Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masalalar ittifoq ichida hamkorlik va integratsiyani kuchaytirish, islom davlatlarining sa'y-harakatlarini terrorchilikka qarshi kurashda birlashtirishdan iborat. Shuningdek, bu sa'y-harakatlarning boshqa xalqaro ittifoqlar bilan muvofiqlashtirish va birlashtirish zarurligi aytib o‘tilgan.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi islom aksilterrorchilik koalitsiyasi tashkil etilishi 2015 yil dekabrida e'lon qilingan. Bu koalitsiya tarkibiga Fors ko‘rfazi davlatlaridan tashqari, Turkiya, Pokiston, Malayziya va Misr kabi yirik davlatlar kiradi. Joriy yil may oyida o‘tgan AQSh va musulmon davlatlari sammitida koalitsiyaga kiruvchi davlatlar zarurat bo‘lganda Suriya va Iroqdagi terrorchilik guruhlariga qarshi kurash uchun 34 ming harbiyni taqdim qilishga tayyorliklarini bildirganlar.
Mavzuga oid
12:18 / 11.03.2026
Vadeful: Erondagi xaos hech kimning manfaatiga xizmat qilmasligi kerak
10:51 / 02.03.2026
Iordaniya va Bahraynda bo‘lgan fuqarolarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berildi
07:26 / 28.02.2026
Ar-Riyodda 2 kmlik Rise Tower: sayyoradagi eng baland bino quriladi
10:10 / 12.03.2025