“Dunyo” AA xabar berishicha, elchixona murojaatida vatandoshlardan aholi gavjum joylar va ommaviy tadbirlardan uzoqroq yurish, harbiy obektlar joylashgan hududlarga yaqinlashmaslik hamda mahalliy hokimiyat organlarining xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish so‘ralgan.
Shuningdek, fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo yonida olib yurish tavsiya etildi.
Zarur hollarda O‘zbekistonning Ar-Riyod shahridagi diplomatik vakolatxonasiga murojaat qilish mumkin: telefon: +966 11 263 52 23, favqulodda holatlar uchun: +966 56 721 77 31 (Telegram, WhatsApp).
Elchixona barchani ehtiyotkorlikka, tinchlik va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.











