16:20 / 19.11.2017
20837

«Tor-mor!» «Nasaf» yil o‘yinida OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston chempionatining eng muhim uchrashuvlaridan birida «Nasaf» o‘z uyida «Paxtakor»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi qismida avvaliga Bobur Abduholiqov jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda avvaliga Dragan Cheran «Paxtakor» himoyachisining qo‘liga to‘p tegishi natijasida belgilangan penaltini aniq amalga oshirib hisobni oshirdi. Keyinroq Lobanovning qo‘pol xatosidan so‘ng Abdurahimov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Dragan Cheran yana bir to‘p kiritib, yakuniy natijani o‘rnatdi. 4:0 — «Nasaf» chempionlikni boy bergan bo‘lishiga qaramasdan, chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlab, kelgusi yili OChLda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

«Nasaf» so‘nggi tur oldidan 62 ochkoga ega, «Paxtakor» esa 56 ochko bilan 3-o‘rinda qolmoqda.

Oliy liga, 29-tur

«Nasaf» – «Paxtakor»: 4:0 
Gollar: Bobir Abduxoliqov (43), Dragan Cheran (58, penalti, 90+1. Bahrom Abdurahimov (77).
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Azizjon G‘aniyev (Dilshod Rahmatullayev, 89), Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Farrux Sayfiyev, Bobir Abduxoliqov (Islom Kenjaboyev, 63), Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Maqsud Karimov, 79), Umar Eshmurodov.

«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Marko Simich (Sherzod A'zamov, 77), Kamoliddin Tojiyev, Hojiakbar Alijonov, Rostin Griffits, Jamshid Iskanderov, Tiago Bezerra, Sherzod Karimov (Jasur Yaxshiboyev, 59), Gidi Kanyuk (Suhrob Nurulloyev, 59), Igor Sergeyev.

Top