Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada rossiyalik senator Suleyman Kerimov hibsga olindi
Rossiya Federatsiya kengashi a'zosi, rossiyalik tadbirkor va milliarder Suleyman Kerimov fransuz politsiyasi tomondan Fransiyaning janubidagi Nitstsa shahrida hibsga olindi. Bu haqda Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Kerimov 20 noyabrda kechki vaqt Nitstsa aeroportida ushlangan va politsiya bo‘limiga olib borilgan. “Yuz bergan voqea haqida ma'lum bo‘lgandan keyin Rossiyaning bosh konsulligi xodimlari Nitstsa aeroportiga yo‘l olganlar. Ular Kerimov bilan uchrashishga erishganlar”, deyilgan xabarda.
Kerimovga qanday ayblovlar qo‘yilayotgani rasman ma'lum qilinmagan. Senator hozir Nitstsaning politsiya bo‘limlaridan birida ushlab turilibdi. U Fransiyada qancha vaqt ushlab turilishi haqida ham ma'lumot berilmagan.
“Ayni vaqtda Rossiyaning barcha konsullik xizmatlari fransuz hukumati bilan aloqada bo‘lmoqda. Rossiyalik senatorga barcha imkoni bor ko‘mak ko‘rsatilmoqda”, deyilgan Rossiya elchixonasida.
Suleyman Kerimov dog‘istonlik bo‘lib, “Nafta Moskva” moliya-sanoat guruhini nazorat qiladi. Forbes talqiniga ko‘ra, Kerimovning boyligi 2016 yilda 1,6 mlrd dollarga baholangan.
Mavzuga oid
21:33 / 06.08.2025
AQSh «Kerimov yaxtasi»ni kimoshdi savdosiga qo‘ydi
23:45 / 11.10.2024
Kavkaz aholisi Ramzan Qodirovga qarshi postlardan keyin Telegram faoliyatida uzilishlar bo‘layotganini ma’lum qildi
20:48 / 10.10.2024
Ramzan Qodirov senator Suleyman Kerimovga qonli qasos bilan tahdid qildi
00:35 / 16.08.2024