Kavkaz aholisi Ramzan Qodirovga qarshi postlardan keyin Telegram faoliyatida uzilishlar bo‘layotganini ma’lum qildi
Telegramʼdagi Dog‘iston kanallari Checheniston yetakchisi qonli qasos va’da qilgan senator Suleyman Kerimovni qo‘llab-quvvatlovchi postlarni e’lon qilishni boshladi.

Foto: Groznyy-Inform
Ingushetiya, Dog‘iston va Chechenistonda Telegram messenjerining ishlashida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu Dog‘iston kanallari Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov qonli qasos va’da qilgan senator Suleyman Kerimovni qo‘llab-quvvatlovchi postlarni e’lon qilishni boshlaganidan keyin yuz beryapti.
Telegramʼda senatorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Suleymanimiz uchun!» kanali 11 oktyabr tongida ochilgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, u yerda e’lon qilingan postlar «Dog‘istonliklarda nima gap?» nomli mashhur kanalda ham ulashilgan, keyinroq respublikaning asosiy telekanalida unga havola berilgan.
Ingushetiya Tashqi aloqalar, milliy siyosat va matbuot vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda etnik adovatni qo‘zg‘atish maqsadida provokatsiyalar haqida ma’lum qildi. Mazkur post «Qodirovchilarni jazolash» chaqiriqlari keltirilgan skrinshot bilan tarqaldi. Unda mintaqa aholisi namozdan keyin to‘planib, Checheniston raqamlari bor avtomobillarni to‘xtatishni taklif qilgan.
Shundan keyin Kavkaz aholisi Telegram faoliyatida uzilishlarga duch kela boshlagan. Bunday holatlarni qayd etib boradigan servislarning ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda messenjerning ishlashidan kelib tushayotgan shikoyatlarning 38 foizi Ingushetiya, Dog‘iston va Chechekiston hisobiga to‘g‘ri kelyapti.
Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov dog‘istonlik senator Suleyman Kerimov va Rossiya Davlat dumasining ikki deputatiga qarshi rasman qonli qasos e’lon qilishga tayyorligini aytdi. Qodirovga ko‘ra, ular Checheniston yetakchisiga suiqasdni buyurtma qilmoqchi bo‘lgan.
Ramzan Qodirov aytishicha, u Checheniston kuch bloki komandirlari va boshliqlari bilan yig‘ilish o‘tkazgan. «TASS»ga ko‘ra, Qodirov Davlat dumasi deputatlari Bekxon Baraxoyev va Rizvan Kurbanov hamda Kerimovni «Wildberries ofisidagi mojaro konteksida» tilga olgan. Ramzan Qodirov Telegramʼdagi kanalida e’lon qilgan videoda rostdan ham u o‘z nutqida Kerimov hamda ikki deputatning familiyasini tilga olgan, ammo Checheniston rahbari bu vaqtda Wildberries haqida gapirmayotgan bo‘lgan.
«Agar ular buning aksini isbotlab bermasa, men rasman Baraxoyev, Suleyman Kerimov va Rizvon Kurbanovga qonli qasos e’lon qilaman. Ular [Ramzan Qodirovni o‘ldirishga] buyurtma qilgani, buni qanchaga amalga oshirishi mumkinligini so‘ragani haqida guvohlar, odamlar bor», — deydi u.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00 / 31.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
Sport | 02:38
-
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Fan-texnika | 01:07
-
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 00:35
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
Mavzuga oid

21:55 / 01.04.2025
Pavel Durov Telegram’da virtual g‘ishtlar sotish ortidan 100 mln rubl ishlab oldi

12:28 / 28.03.2025
Ramzan Qodirov va Kreml o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lgani aytilmoqda

17:47 / 26.03.2025
Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i Telegram'ga integratsiya qilindi

21:04 / 19.03.2025