Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning aloqa bo‘yicha komissiyasi internetni yo‘qotib yubormoqchi
AQShda Aloqa bo‘yicha federal komissiya internetni, u yaratilganidan beri qanday ko‘rinishda bo‘lsa, shu tarzni yo‘qotib tashlamoqchi. Tramp tomonidan lavozimiga tayinlangan Ajit Pay rahbarlik qilayotgan komissiya ayni vaqtga qadar internetning neytralligi prinsipini yo‘q qiluvchi qonunlar to‘plamini taklif etmoqda, deb xabar berdi Popular Mechanics.
Butunjahon tarmog‘i asoslaridan biri – tarmoq neytralligi prinsipi bo‘lib, unga ko‘ra provayderlar tarmoqning ma'lum bir ishtirokchilariga ko‘proq e'tibor qaratmaydi. Ya'ni ma'lumot provayder xohish-istagidan qat'i nazar bir xildagi tezlik bilan beriladi. Shu bilan birga, Amerikadagi yirik provayderlar - AT&T, Comcast hamda Verizon bu prinsipdan voz kechishni taklif qilmoqda.
Bu foydalanuvchilarning o‘z provayderi tijoriy manfaatlariga qaramligini keltirib chiqarishi mumkin. Tasavvur qiling, agarda "VKontakte"da sizda "Feysbuk"ka nisbatan ancha sekinroq yuklansa. Bundan tashqari, bu qonun internetning o‘tkazish imkoniyatini kamaytirib, provayderlarga ma'lum saytlarga kirishni taqiqlash imkonini beradi. Provayder xuddi shunday yo‘l bilan qandaydir qidiruv tizimi yoki oqim servisiga ko‘proq e'tibor qaratishi mumkin, hamda mijozlarda bu bilan qo‘shilishdan boshqa imkon qolmaydi.
O‘z navbatida, provayderlarning aytishicha, tarmoq neytralligi prinsipi ularni narxlarni oshirishga majburlaydi, sababi trafik miqdori doimiy ravishda oshadi, ular esa nazoratni ushlab tura olishmaydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham qonunlar to‘plamining qabul qilinishi internetni butunlay o‘zgartirib yuboradi, va u hozirgidek bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026