Jahon | 12:19 / 22.11.2017
16293
2 daqiqa o‘qiladi

«Berishni bilgan, qaytarishni ham eplang» - Qozog‘istonda moliya vaziriga talab qo‘yildi

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston Majlisi raisi Nurlan Nigmatulin moliya vaziri Baxit Sultonovning e'tiborini boshqa davlatlar tomonidan olingan qarzlarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha bahslarga tezroq yechim topish muhimligiga qaratdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Palata yalpi yig‘ilishida deputat Irina Unjakova Gruziya tomonidan Qozog‘iston oldidagi qarzdorlikni to‘lamaslik bilan bog‘liq vaziyat 20 yildan ortiq vaqt davom etayotganini aytgan. Qarzdorlik 1993 yilda yuzaga kelgan.

"Bu qarz masalasini sheriklar bilan hal qilishning uddasidan chiqqanligi – yaxshi, biroq xotirjamlikka berilishga asos bo‘la olmaydi. Buning ustiga, hali qator davlatlar bilan qarzdorliklar bo‘yicha yechimini topmagan bahslar bor", - deya murojaat qilgan Sultonovga Nigmatulin.

Nurlan Nigmatulinning ta'kidlashicha, mamlakatga qarzlarni qaytarish bo‘yicha ish, uning uzoqligiga qaramay, samarali bo‘lishi mumkin. U vakolatli organlarga Qozog‘iston oldida qarzi bo‘lgan boshqa davlatlar bilan ham muzokaralar o‘tkazishni tavsiya qildi. Shuningdek, u moliya vaziriga shunga o‘xshash kelishuvlarni imzolashda barcha yuridik ekspertizalarni o‘tkazish lozimligini aytgan. 

Shu bilan birga, Majlis spikerining ta'kidlashicha, qaytarilgan qarzdorliklar mamlakat byudjyetini to‘ldirishi kerak. "Qarz berishni bilgan, uni qaytarishni ham eplang, aynan shu prinsip bo‘yicha ishlash kerak", - deya xulosa qildi Nigmatulin. 

 

Mavzuga oid