iPhone X mojarosi: talabalarni 11 soatdan ishlashga majburlashmoqda
Apple’ning Xitoydagi pudratchisi — Foxconn kompaniyasi — iPhone X’ni yig‘ishda texnik bilim yurtlari talabalaridan foydalanmoqda. Bu haqda The Financial Times (FT) gazetasi korxonada ishlovchi talabalarning o‘ziga tayangan holda yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, talabalar ishlab chiqarishdagi nosozliklardan so‘ng yangi smartfonlarga bo‘lgan talab darajasiga yetib olish uchun 11 soatlab ishlamoqda. Bunday davomiylikdagi ish kuni, deb aniqlik kiritadi nashr, Xitoy qonunchiligi bo‘yicha amaliyotchi-talabalar uchun qabul qilib bo‘lmas holatdir.
17-19 yosh oralig‘ida bo‘lgan olti kishining aytishicha, ularni shahar temir yo‘li bilim yurtining uch ming talabasidan iborat bo‘lgan guruhi tarkibida Foxconn zavodiga majburiy uch oylik amaliyotga jo‘natib yuborishgan. Talabalarga korxonadagi «ish tajribasi» tahsilni tugatish uchun kerakligini tushuntirishgan.
«Bilim yurti bizni u yerda ishlashga majburladi. Bu ish bizning o‘qishimiz bilan umuman bog‘liq emas», - deya aytib o‘tgan gazetaga o‘quvchilardan biri. Qizning so‘zlariga ko‘ra, u kuniga 1200 ta iPhone X kameralarini yig‘ib kelgan.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023