«Nasaf» – «Paxtakor» o‘yinidagi tartibsizliklar uchun har ikkala jamoa katta miqdorda jarimaga tortildi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi tartib-intizom qo‘mitasi 19 noyabr kuni, Oliy Liga 29-turi doirasida Qarshi shahridagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan «Nasaf» – «Paxtakor» uchrashuvidan so‘ng, stadiondagi muxlislar va «Paxtakor» klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov o‘rtasida yuz bergan voqeani o‘rganib chiqdi.
O‘yindan so‘ng, Aleksandr Lobanov maydonni tark etar ekan, «Nasaf» klubi muxlislari uning sha'niga noloyiq so‘zlarini yo‘llab, haqorat qilishgan, «Paxtakor» darvozaboni esa bunga ahloqsiz harakatlar bilan javob qaytargan. Mazkur holat PFL Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqilgach, Aleksandr Lobanovning harakatlari sabab «Paxtakor» klubi 50 000 000 (ellik million) so‘m miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi.
O‘z navbatida, «Nasaf» klubi muxlislarining madaniyatga zid harakatlari sababli jamoa 100 000 000 (yuz million) so‘m miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi.
Agar kelgusida shunday harakatlar takrorlanadigan bo‘lsa, har ikki klub bundan ham keskin tarzda jazolanadi. Jumladan, «Nasaf» klubi kelgusi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazadi, deb xabar bermoqda PFL rasmiy sayti.
Mavzuga oid
13:50 / 02.11.2024
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
17:54 / 01.11.2024
«Nasaf» – o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi
00:00 / 24.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi
21:16 / 02.10.2024